Olimlar: Tik turib ishlash mehnat samaradorligini oshiradi

Light 18:47 / 26.05.2016 5540

Yaqinda IIE Transactions on Occupational Ergonomics and Human Factors jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, turib ishlash nafaqat kaloriyalarni yo‘qotishga va semizlikning oldini olishga yordam beradi, balki diqqatni jamlaydi hamda aqliy salohiyatni yaxshilaydi, shuningdek ishlab chiqarishdagi samaradorlikni oshiradi. 

Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida yarim yil davomida A&M Texas universiteti olimlari koll-markazda faoliyat yurituvchi ikki guruh kishilarning ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtasidagi farqni o‘rganishdi va shunday xulosaga kelishdi: stolning baland-pastligini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan turib ishlovchi kishilar odatiy o‘tirib ishlaydiganlardan ko‘ra 46 foizga samaraliroq mehnat qilishar ekan. 

Tadqiqotning yetakchi muallifi Gregori Garrett ilmiy izlanishning birinchi oyida ishlab chiqarish samaradorligi u qadar yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan, biroq ikkinchi oyda ijobiy natijalar yaqqol ko‘zga tashlana boshlanadi. Olimlar mazkur tadqiqotning idora ishchilari  orasida samaradorlikka erishishida qo‘lga kiritilgan katta yutuq ekanligini ta'kidlashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: