“Katta yettilik” davlatlari rahbarlari AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan milliarder Doanld Tramp pozitsiyasidan hayratda ekanligini aytishgan, deb yozmoqda CNN.
«Ular Trampdan hayratda va buning uchun o‘ziga yarasha sabablar bor. Masalan, xalqaro munosabatlar masalasida uning takliflari yoki savodsizlikdan, yoki ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p odam yig‘ishga bo‘lgan ilinjdan yuzaga kelgan. Ayrim qiliqlari AQSh xavfsizligiga ochiq-oydin tahdid soladi», — dedi AQSh prezidenti Barak Obama.
Uning ta'kidlashicha, G7 rahbarlari Tramp berayotgan bayonotlar xalqaro hamjamiyat uchun xatarli ekanligidan xavotirga tushishayotganini ma'lum qilib o‘tgan.