Moskvalik kishi WhatsApp, Viber, Skype va Teleport'dan 7,5 million rubl talab qilmoqda

Jamiyat 19:37 / 26.05.2016 5352

Moskvada yashovchi kishi WhatsApp, Viber, Skype va Teleport bepul messenjerlaridan xabar va qo‘ng‘iroqlarning batafsil hisoboti, shuningdek ulardan 7,5 million rubl ziyon puli undirishni talab qilmoqda, deya xabar qiladi RIA "Novosti".

"WhatsApp, Viber, Skype va Teleport messenjerlari faoliyati bo‘yicha hisobotlarni olish uchun bepul qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar joriy etilishini so‘rayman", deyiladi Aronovning murojaatida.

Sudga murojaat qilgan kishining fikricha, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va xabarlar hisobotini ololmaslik "Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini o‘z huquqlarini shaxsiy hayotga noqonuniy daxl qiluvchilardan himoya qilib, tegishli idoralarga murojaat qilish imkoniyatidan mosuvo qiladi".

Iste'molchilar huquqini himoya qiluvchi qonunga tayangan da'vogar Rossiya mobil ilovalaridan yetkazilgan ma'naviy zarar uchun 7,5 million rubl tovon puli to‘lashni talab qilmoqda. 

Shuningdek Aronov va uning huquqshunoslari WhatsApp, Viber ilovalarini tijorat tashkilotlari sifatida Rossiya Federal soliq xizmati reyestrida registratsiyadan o‘tishga majbur qilishni talab qilmoqda. Skype va Teleport esa - notijorat tashkilotlar reyestridan.

Da'vo arizasi 26 may kuni Moskvadagi Xamovnichesk sudiga topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: