Bokschi Mayk Tayson “Kikbokschi” (Kickboxer: Retaliation) filmining aktyorlari safidan jyo oldi. Sportchi qamoqxona janjallariga aralashib yuruvchi shafqatsiz jinoyatchi obrazini gavdalantirgan, deb xabar bermoqda Variety.
Prodyuser Robert Xikmanning ma'lum qilishicha, tasvirga olish ishlariga UFC’ning 14 nafar jangchisi jalb qilingan. «Tayson — biz uchun ajoyib yechim bo‘ldi. U filmni yuqori cho‘qqiga olib chiqadi», — dedi u.
“Kikbokschi”ning avvalgi filmida Jan Klod van Damm rol ijro etgan. Uning ikkinchi qismini suratga olish ishlari Kaliforniya va Nevada shtatlarida tushirilmoqda. Qolgan ishlar esa Tailandda bo‘lib o‘tadi. Film premerasi 2016 yilning so‘nggi yoki 2017 yilning boshlarida mo‘ljallangan.