Britaniyadagi eng yolg‘iz kuchukni 18 ming marta boqib olishdan bosh tortishdi

Jamiyat 19:19 / 26.05.2016 4626

Buyuk Britaniyadagi eng yolg‘iz kuchukni olti yil ichida 18 ming marotaba boqib olish fikridan bosh tortishdi, deb xabar beradi The Mirror.

Freyya – olti yoshli staffordshirlik bulterer. U olti oylik vaqtida Liverpuldagi Freshfields Animal Rescue yetimxonasiga tushib qoladi. Markaz xodimlari tashrif buyuruvchilar itni doim e'tibordan chetda qoldirganligi sababini tushuna olishmadi. 

Endilikda yetimxona ma'muriyati «yoqimtoy» va «samimiy» Freyining o‘z uyini topish imkoniyati kamayganidan tashvishda. Sababi kuchukka epilepsiya tashxisi qo‘yildi.

«U juda ham ajoyib qizcha, mehribon va samimiy do‘st. U bizning katta farzandimizdir», – deydi Freshfields xodimi Keyt Jons. U Freyining hastaligi kuchukni boqib olish istagidagi kishilarni qo‘rqitmasliga umid qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: