O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibidagi Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi mamlakatdagi davlat muassasalarining saytlari xakerlar hujumiga yo‘liqqani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.
"Bugungi kunda O‘zbekistondagi davlat muassasalari saytlari shtat rejimida ishlaydi va xakerlik hujumiga ham, boshqacha hujumga ham yo‘liqmagan. Markaz mutaxassislari kun davomida internetdagi milliy tarmoqni nazorat qilib borishadi va UZ domenidagi saytlarning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ishlaydi", deyiladi xabarda.
Bundan oldinroq, "Kasperskiy labaratoriyasi" ekspertlari so‘nggi bir necha oy davomida Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi diplomatik va davlat idoralariga Danti nomli xakerlik guruhi tomonidan kiberhujumlar oqimini kuzatgani, bu davlatlar orasida O‘zbekiston nomi ham borligi haqida xabar qilgandi.