O‘zbekistonda mamlakatning eng yaxshi xakeri tanlanadi

O‘zbekiston 11:26 / 25.05.2016 14658

O‘zbekistonda mamlakat tarixida ilk bor kiberxavfsizlik bo‘yicha Cyber Security Challenge Uzbekistan ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tadi, deb ma'lum qilishgan loyiha tashkilotchilari Sputnik agentligiga. 

Uning saralash bosqichi mamlakatning ikki mintaqasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida poyoniga yetgan. Endilikda, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent shahrida saralash bosqichlari o‘tkaziladi. Chempionatning final bosqichida ishtirok etuvchilar nomi 10 iyulgacha aniqlanadi. 

Mazkur turnir axborot xavfsizligi sohasida eng yaxshi mutaxassislarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda. Unda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xohlagan kishi qatnasha oladi. Nomzodlar,15 iyungacha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. 

Tashkilotchilarning aytishicha, turnirning sovrin jamg‘armasi 30 mln so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, musobaqa g‘oliblari, o‘z iqtidorlarini namoyish etish bilan birga, sohaning yetakchi kompaniyalari e'tiborini o‘zlariga qaratish imkoniga ega bo‘lishadi. 

Xususan, xalqaro antiviruslar dasturini ishlab chiquvchi ESET kompaniyasi va tarmoq texnologiyalari ishlab chiqish ohasida faoliyat yurituvchi transmilliy CISCO kompaniyasi chempionatga homiylik qilmoqda. 

Kiberbirinchilikning eng yaxshi ishtirokchilari, ICTWEEK Uzbekistan-2016 haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida kuch sinashadilar.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Ko‘proq yangiliklar: