"Tolibon" mulla Mansurning o‘limini tasdiqladi

Jahon 10:38 / 25.05.2016 3844

"Tolibon" harakati vakili tashkilot rahbari mulla Axtar Mansur AQSh droni zarbasi tufayli halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

21 may kuni mulla Axtar Muhammad Mansur Pokistonning Ahmad-Vali shahridan janubi-g‘arbda avtomobilda harakatlanayotganida amerikalik harbiylar tomonidan bir yo‘la bir necha uchuvchisiz qurilma vositasida o‘tkazilgan amaliyot natijasida yo‘q qilingandi.

Rasmiy Islomobod AQShning bu harakati Pokiston suverentetiga zid ekanini ta'kidlagan. Shuningdek, Pokiston tomoni mulla Mansurning o‘limini tasdiqlay olmasligini bildirgandi. Pokiston TIV voqea joyida Vali Muhammad ismli shaxsning pasporti topilganini, u shu kuni Erondan Pokistonga o‘tgani haqida ma'lum qildi.

Axtar Muhammad Mansur 2015 yilning iyulida, "Tolibon"ning avvalgi yetakchisi Muhammad Umar 2013 yildayoq halok bo‘lgani haqidagi ma'lumot oshkor bo‘lganidan keyin uning o‘rnini egallagandi.

Ko‘proq yangiliklar: