“Salomatlik poyezdi” Qashqadaryo viloyati aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda

O‘zbekiston 11:39 / 25.05.2016 3879

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” Qashqadaryo viloyati aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

  Aktsiya doirasida Dehqonobod tumani markazi va Oqrabot qishlog‘ida 900 ga yaqin kishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Yurak qon-tomir kasalligi bilan og‘riganman, – deydi dehqonobodlik Nazira Xoliqova. – Tajribali shifokorlar tibbiy ko‘rikdan so‘ng salomatligim uchun zarur tavsiyalar, dori-darmon berdi. Bunday xayr-saxovatning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimizdan  minnatdormiz.

Tadbir doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi va nogironlarga, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga qiymati 1 milliard 317 million 376 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari, o‘quv qurollaridan iborat muruvvat yordami ko‘rsatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: