BMT: Noyob o‘simliklar va jonivorlarning noqonuniy savdosi talabga ega bo‘lmoqda

Jahon 10:54 / 25.05.2016 6311

24 may kuni Venada jinoyatchilikning oldini olish va adliya komissiyasi 25-sessiyasida yovvoyi tabiatga nisbatan jinoyatchilik bo‘yicha birinchi ma'ruza o‘qib eshittirildi. Bu haqida BMT yangiliklar markazi xabar berdi. 

Ma'ruza mualliflari yovvoyi flora va fauna noyob turlarining noqonuniy savdosida uyushgan jinoyatchilik to‘dalari hamda nodavlat qurollangan guruhlar ishtirok etayotganligini ma'lum qildi. Ular nafaqat sayyoraning biologik rang-barangligiga ziyon yetkazishmoqda, balki qurolli mojarolarni yuzaga kelitirshmoqda. 

BMT ekspertlari yovvoyi tabiat boyligi bilan noqonuniy savdo qilish yuqori talabga ega ekanligidan hamda korrupsiya va davlat boshqaruvi zaifligi kabi omillar bilan tez-tez to‘qnashayotganidan xavotirdalar. Ular dunyo hamjamiyatini bir butun bo‘lib flora va faunaning noyob turlaridan shuba va mebel kabi narsalarni tayyorlashga qarshi chiqishga chaqirdi. 

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik Boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Fedotovning aytishicha, yovvoyi tabiatga nisbatan sodir etilgan jinoyatchilik transmilliy jinoyatchilikning eng murakkab turiga kiradi. 

Yuriy Fedotovning ta'kidlashicha, brakoner va kontrabandachilarning qo‘lidan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan jonivorlar - yo‘lbarslar, Afrika fillari va karkidonlar. Biroq jinoyatchilar uncha mashhur bo‘lmagan hayvonlar va noyob o‘simliklarga ham hujum qilishmoqda. 

Ma'ruzada tezkor tergov faoliyat doirasida yovvoyi tabiatga tegishli noyob o‘simlik va hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 164 ming obekt qaytarib olinganligi ta'kidlandi. Jinoyatchilik faoliyatining obektlari ro‘yxatidan dunyoning 120 mamlakatidagi yetti ming xil o‘simlik va hayvonlar o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: