Jillian Anderson va Priyanka Chopra "Bondga yubka kiydirish" fikrini qo‘llab-quvvatlashdi

Jamiyat 18:37 / 24.05.2016 7956

Taniqli aktrisalar Jillian Anderson ("Maxfiy ma'lumotlar") va Priyanka Chopra ("Kuantiko") agent Jyeyms Bond 007ni ayolga aylantirish taklifini qo‘llab-quvvatlashdi. Bu haqida People ma'lum qildi. 

Ijtimoiy tarmoqlarning ba'zi foydalanuvchilari superayg‘oqchi rolini ijro etishga ayol aktrisani olish taklifini bildirdi. Jumladan, o‘tgan dam olish kunlari tvitterda aktrisa Andersonning agent 007 siymosida gavdalantirgan posteri paydo bo‘ldi. 

"Bu Bond. Jyeyn Bond. Barcha ovozlar uchun rahmat! (Kechirasiz, posterni kim yaratganini bilmayman-u, lekin u menga yoqdi!) #keyingi Bond", - deb yozdi Anderson o‘z tvitterida. 

Priyanka Chopraga kelsak, intervyulardan birida "Dunyo go‘zali - 2000"dan franshizaning kelgusi filmlarida Bondning sevgilisi roli haqida so‘rashgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u bu kabi takliflarni muntazam ravishda olib turadi, ammo o‘zi agent 007 rolini ijro etishni istaydi.

Ko‘proq yangiliklar: