Janubiy Koreya hukumati Xitoydan bir guruh KXDR fuqarolari qochib o‘tganini tasdiqladi

Jahon 10:18 / 24.05.2016 3391

Janubiy Koreyaning milliy birlashish ishlari vazirligining tasdiqlashicha, 24 may kuni Xitoydagi restoranlardan birida ishlovchi bir guruh KXDR fuqarolari navbatdagi qochishni uyushtirgan. Ularning asosiy maqsadi Koreya yarimoroliga yetib borish bo‘lgan.

23 may kuni “Ryonxap” agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, Xitoyning Sian shahridagi restoranlardan birida ishlovchi uch nafar KXDR fuqarosi Janubiy Koreyaga qarab qochgan. Aynan shu kuni Shanxaydagi koreys restoranida ishlovchi uch nafar KXDR fuqarosi Tailand orqali Seulga o‘tishga harakat qilgan.

"Xorijda ishlovchi shimoliy koreyaliklarning qochishgani, rost gap. Ayni paytda biz ularning qayerda ekanliklarini tasdiqlay olmaymiz", — dedi vazirlik tomonidan o‘tkazilgan brifingdan iqtibos keltirirar ekan agentlik manbasi.

Ko‘proq yangiliklar: