AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp faxriylar uchun bir necha million dollar miqdorida xayriya mablag‘i yiqqani haqida ma'lum qildi.
"Ha, men bunga majbur emasdim, lekin faxriylar uchun 5-6 mln dollar xayriya yig‘dim, o‘zim ham bizning faxriylarimiz uchun 1 mln dollar berdim. Bopladik!", deb yozgan milliarder o‘z tvitterida.
U shuningdek, yig‘ilgan pullarning katta qismi faxriylarga tarqatilgani, qolgan qismi turli tashkilotlarga berilishini bildirib o‘tgan.
"Hayron qolmang, men bu pullarni faxriylar uchun yig‘dim. Holbuki noxolis jurnalistlar men haqimda yomon tasavvur hosil qilmoqchi bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan Tramp.