Bu fojia 1912 yilning 14 aprel kuni sodir bo‘lgan edi. Kemalar ichida eng “shohona”si, o‘z zamonasi texnologiyasining eng katta yutug‘i va cho‘kmaydigan deb hisobalanuvchi “Titanik” o‘sha kuni okean tubiga g‘arq bo‘ldi. O‘shanda oldni kuzatuvchi vazifasida ishlagan Frederik Flit kapitanlarga kema aysbergga qarab to‘g‘ri suzib borayotgani, vaziyatni hech qanaqasiga o‘zgartirish imkoni yo‘qligini aytgan edi.
Ikki yarim soat oralig‘ida kema suzishdan butunlay to‘xtadi, ikkiga bo‘lindi va okean qa'riga cho‘kib ketdi. O‘shanda “Titanik” bortida 2 224 yo‘lovchi bor edi. Ulardan faqatgina 712 nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi. Dunyo bu voqeadan larzaga keldi, chunki muhandislar uni cho‘kmaydigan deb atashgan edi. Biroq...
1912 yilda «Titanik».
Kemaga kelib urilgan aysberg fotosurati.
Oldni kuzatuvchi vazifasida ishlagan Frederik Flit.
Halokat signali kema aysbergga urilganidan 25 daqiqa o‘tib jaranglagan. Shundan keyin kapitan qutqaruv qayiqlarini tushirishni e'lon qilgan. Bu paytda kema zarar ko‘rmagan, elektr quvvati bor, hatto musiqa jaranglab turgan. Shu sabab yo‘lovchilar qutqaruv qayiqlariga o‘tirishdan bosh tortishgan, ular havotirli hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q, deb ishonishgan.
Omon qolganlar “Karpatiya” paraxodiga yaqinlashishyapti.
Qutqarilganlar “Karpatiya” kemasi bortida.
Odamlar Nyu-Yorkdagi White Star Line ofisi eshigi oldida yangiliklardan boxabar bo‘lish maqsadida to‘planishgan.
Vahima kema aysbergga o‘rilganidan so‘ng, bir yarim soat o‘tgach boshlangan: odamlar haqiqiy dahshat ichida qolishgan. Qayiqdagi har bir o‘rin uchun jang boshlanib ketgan. Uchinchi klass yo‘lovchilariga hech qanday joy tegmagan, chunki, birinchi navbatda, birinchi va ikkinchi klassdagi ayollar va bolalar qutqarilgan. Ko‘pchilik insonlar, ochilmagan panjaralar ortida qolib ketishgan...
Odamlar “Karpatiya” kemasi yaqinlashishini kutishmoqda.
“Titanik” fojiasidan omon qolganlar.
Birinchi klass yo‘lovchilarining omon qolgan vakillari so‘roq oldidan tizilib turishibdi.
Omon qolganlar kutilyapti. Sausxempton.
Halokat signali yettita kemaga yuborilgan. “Titanik”dan sal uzoqroqda Britaniyaning «Kaliforniyalik» kemasi suzib o‘tgan va yordam berish signalini yuborgan. Ammo radistning uxlab qolishi natijasida bu signalga javob qaytarilmagan. «Titanik» havoga qarata 8 ta signal raketasini uchirgan, ammo britaniyaliklar buni kema joyini ko‘rsatuvchi raketa signallari deb tushinishgan.
Omon qolgan yo‘lovchilar tovon puli qabul qilib olishyapti.
Tasvirga olish vaqtida bu bolalarning kimligi ma'lum bo‘lmagan. Ammo keyinroq ularning ismi Mishel (4 yosh) va Edmonda Navratil (2 yosh) ekanligi ma'lum bo‘lgan.
Bu bolakayning ismi Lyusen Smit. Uning onasi “Titanik”da asal oyini o‘tkazayotganda homilador bo‘lgan.
“Karpatiya” paraxodi halokat joyiga birinchilardan bo‘lib keladi. Ular SOS signali olishganidan so‘ng, bor imkonlari bilan qutqaruvga shoshilishgan: soatiga 26 km. Tezlikda harakat qilishgan... Ular 712 nafar yo‘lovchini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Ammo suvda ko‘pchilik qolib ketgan, chunki odamlar qutqaruv qayiqlaridan kemaga chiqishga qo‘rqishgan.
Omon qolganlarni vokzalda kutib olish.
Omon qolgan yo‘lovchilardan biri o‘z rafiqasini quchmoqda.
Odamlar voqeaga shaxsan guvoh bo‘lgan kishining hikoyasini tinglash maqsadida uni o‘rab olishgan.
Taqdir oldida inson bolasi joim ojiz bo‘lib kelgan. Tarixdagi bu halokat mana, necha yillarki, odamlarni qiziqtirib keladi. Tarix shu sabab buyuk,shu sabab g‘aroyib. “Titanik” ana shu g‘aroyibot olamining bir sahifasi xolos...
Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi