Saudiya Arabistoni Qirg‘izistonga yangi maktablar bunyod etish uchun imtiyozli kredit beradi. Bu haqida Qirg‘iziston parlamentining matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Respublikamizning Ta'lim va fan vaziri Elvira Sariyevaning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bilan ikki tomonlama keplishuv doirasida ushbu mamlakatning Taraqqiyot fondi Qirg‘izistonga 2,1 milliard som miqdorida (30,7 million dollar) imtiyozli kredit ajratadi", - deyiladi xabarda.
Vazirning ta'kidlashicha, taqdim etilgan mablag‘larga mamlakatning barcha hududlarida, shuningdek Bishkek va O‘sh shaharlarida 2019 yilga qadar 16ta o‘quv muassasasi qurib bitkaziladi. Ssudani (qarz) qaytarish muddati - 25 yil.
Respublikaning byudjyet va moliya bo‘yicha parlament qo‘mitasi Saudiya Arabistoni bilan kredit kelishuvi loyihasini "ko‘rib chiqdi va tasdiqladi". Mazkur masala yaqin kunlarda butun deputatlik korpusida muhokamaga qo‘yiladi .
Hozirgi vaqtda olti million aholiga ega Qirg‘izistonda umumta'lim maktablarining yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Mamlakatda 2,1 mingdan sal ko‘proq bunday muassasalar faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning ba'zilarida maktab o‘quvchilari joy tanqisligi bois uchta smenada o‘qishmoqda.