Parijda Google shtab-kvartirasi tintuv qilinmoqda

Jahon 17:47 / 24.05.2016 3871

Fransiya politsiyasi Google kompaniyasining Parijdagi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Parisien gazetasiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi
Manbaga ko‘ra, tintuv soliqlardan bo‘yin tovlash ishi doirasida o‘tkazilmoqda. Ertalabdan buyon yuzga yaqin tergovchilar Parijning IX okrugidagi kompaniya ofisida ishlamoqda. 

“Operatsiya maksimal maxfiylik asosida o‘tkazilmoqda”, - dedi nashrga ma'lumot bergan vakil. 

Fevral oyi so‘ngida Fransiya hukumati Google kompaniyasini taxminan 1,6 milliard yevro miqdoridagi soliqlardan bo‘yin tovlagani to‘g‘risida gumon qilayotgani ma'lum bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: