Ostonada panteon qurilishi 100 yilga cho‘zilishi mumkin

Jahon 18:47 / 24.05.2016 6105

"Astangenplan" instituti vakili Qozog‘iston Respublikasi Milliy Panteonining qurilishi qanday kechishini so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 79 milliard tenge memorialni barpo etish jarayonida sekin-astalik bilan ajratilib boriladi - bu bir asrgacha cho‘zilishi mumkin, deb xabar beradi «NewTimes.kz».

Panteon qurilishining o‘ziga xosligi va moliyalashtirish ishlari haqida  «Astanagenplan» loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Baxtibay Taytaliyev so‘zlab berdi. 

"Hamma maqbaraning qurilishi 79 milliard tengeligi haqida gapiradi. Nima keragi bor bunday shov-shuv ko‘tarishni? 79 milliard byudjyetdan bitta urinish bilan olinmaydi-ku!? Bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Panteon bir oyda quriladigan joy emas. Loyihani amalga oshirish 100 yilgacha cho‘zilishi mumkin", - dedi Taytaliyev. 

U panteonning Ostona shahridan 17 kilometr masofadagi Kabanboy botir maqbarasi o‘rniga qurilayotganiga aniqlik kiritdi. 

Milliy panteon uchun poytaxt hududiga Kabanboy botir qishlog‘i hududidagi yer maydonlari qo‘shiladi. 

Qurilishga birinchi navbatda 2,3 milliard tenge ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu mablag‘ga Kabanboy botir maqbarasida kapital ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: