AQShning NASA agentligi 16 iyulga Dragon yuk kemasining Xalqaro koinot stansiyasiga navbatdagi parvozini belgiladi. Bu haqda agentlik saytida ma'lum qilindi.
Ilon Mask kompaniyasining SpaceX kemasi XKS uchun yuk bilan Florida shtatidagi Kanaveral burnidan Falcon 9 raketasi yordamida uchiriladi. Bu parvoz koinot agentligi va xususiy kompaniya o‘rtasidagi shartnoma doirasidagi XKSga 9-yetkazma bo‘ladi.
Yuk kemasi bortida boshqa buyumlar bilan bir qatorda kelajakda Boeing CST-100 Starliner va SpaceX Crew Dragon boshqariluvchi kemalarining XKS bilan birlashishiga imkon beruvchi adapter bo‘ladi.
Avvalroq Dragon kemasi XKSda bir oy bo‘lgandan keyin Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgani ma'lum qilingandi. Kema Yerga 1,5 tonna ilmiy tajribalar va ishlatilgan materiallar bilan qaytgan.