Ko‘z nurlarini kompyuterdan himoya qilishning oddiy va foydali usullari

Light 01:04 / 24.05.2016 33643

Barchamizga ma'lumki, kompyuter qarshisida ko‘p ishlash zararli hisoblanadi. Yana uning oldida dam olish va ekrandan faqat smartfonga qarash uchun ko‘z uzish undan-da xavflidir. 

Bunday holatda ko‘zlarni asrash juda muhim. Biroq ko‘z uchun foydali mashqlarni bajarishga kim o‘zida yetarli vaqt topa oladi? Shu sababli ko‘z salomatligini murakkab mashqlarsiz asrashga yordam beruvchi maslahatlarni e'tiboringizga havola etamiz. 
 Yorqinlik

Qarshingizdagi ekran xonani yorituvchi yagona yorug‘lik manbai bo‘lmasligi lozim. Kompyuter yoki televizor to‘g‘risida o‘tirganingizda chiroqlarni yoqib qo‘ying.
Agar siz qog‘ozlar bilan ishlasangiz yoki nimadir o‘qiyotgan bo‘lsangiz, chiroq yorug‘ligi ko‘zingizga emas, qog‘ozga tushayotganiga e'tibor bering. Buning uchun chiroqni biroz o‘zingizdan orqaroqqa qo‘ying (faqat soyangiz sizga xalaqit bermasin). 

Yarqirashlar

Agar monitor ko‘zni qamashtiradigan bo‘lsa, chiroqlar yoqilgach xona ko‘zlarni shikastlashi mumkin. Nurni keng tarqatuvchi lampalar va yorug‘likka mo‘ljallangan antiparlama monitorlardan foydalanishga harakat qiling. 

Tanaffuslar

Agar biz ekranga qarasak, mushaklarimiz statodinamik rejimda ishlaydi, ya'ni ular erkin bo‘lmaydi va sog‘liq uchun yetarli ishni bajarmaydi. Shu sababli bizlar uchun dam olish juda muhim. 

Ishdan biroz chalg‘ing. Kaftingizni birlashtirib, iliqlikni his eting. Tirsaklarni stol ustiga qo‘yib, boshingizni qo‘llaringiz ustiga tushuring. Bunda siz kaftingiz bilan ko‘zlaringizni berkita olishingiz kerak bo‘ladi. Ko‘zlarni yumgan holda bir necha daqiqa shunday o‘tiring. Chuqur va bir maromda nafas oling. Buni har soatda takrorlashga odatlansangiz o‘zingizga yaxshi bo‘ladi. 

Ekran oldida faqat zaruriyat yuzasidan o‘tirishga harakat qiling. Gadjyetlarsiz dam olish - tetiklik garovidir. Bu ayniqsa bolalar uchun muhimdir. 

Ishdan so‘ng yoki tushlik vaqti turli foydali o‘yinlar o‘ynang: tennis, badminton, samokat, velosiped uching.

Yumshatuvchi tomchilar

Ba'zida kun bo‘yi kompyuter qarshisida ishlab ko‘zingizga xuddi qum sepib yuborishgandek tuyuladi. Bundan xalos bo‘lish uchun yumshatuvchi tomchilar yoki sun'iy ko‘z yoshlardan tomizing. Dorixonalarda ularning turlari ko‘p bo‘ladi, biroq siz konservantlari yo‘g‘idan tanlang. Yumshatuvchi tomchilarni qizarishni bartaraf etuvchi dorilar bilan adashtirib yubormang.

Xona havosi

Yaxshi mikroiqlim — sizni quruqlikdan qutqaruvchi vosita. Konditsioner va namlantiruvchi vositalar harorat (18–22 daraja) va havo namligi (40–60foiz)ni nazorat qilishda yordam beradi. 

Ko‘zoynak va linzalar

Biz kundalik hayotda faqat bir juft ko‘zoynagimiz bo‘lishiga odatlanganmiz. Biroq komyuterda ish bajarayotgan mahal ko‘chada sayr qilish uchun taqilmaydigan optik vositalar ham kerak bo‘ladi. Pulingizni ayamang, ko‘zlaringiz nurini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘zoynaklarni qancha kerak bo‘lsa, shuncha sotib oling. 
Yozda esa ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqing. 

Tez-tez yumib oching

Pirpirating. Ekranga qaraganimizda biz odatdagiga nisbatan ko‘zlarimizni kamroq yumib ochamiz. Demak, ko‘zlarni yumshatmaymiz. Shu sababli ko‘zlar toliqmasligi uchun shunchaki ko‘zlarni tez-tez harakatga keltirib turish maqsadga muvofiq. 

20–20–20 qoidasi

Bu mashq juda oson va yoqimli bo‘lganligi uchun uni bajarishda qiynalmaysiz. Har 20 daqiqada sizdan 20 fut (deyarli 6 metr) uzoqlikda joylashgan buyumga 20 soniya qarab turing. Yoki derazangizdan biron bir holatni kuzating. 

Monitor joylashuvi 

Tana joylashuvi va texnika sifati ko‘p narsaga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘zlarga og‘irlik tushmasligi uchun nima qilish kerak? 

• Monitorni to‘g‘ri joylashtiring. Ya'ni qo‘lingiz cho‘zilgan holatdagi masofada va ekranning tepa qismi ko‘zingiz bilan teng darajada bo‘lsin. Kerak bo‘lsa o‘rindiq balandligini ham rostlab oling. 
• Monitorni sozlang. Qo‘llanmani topib, o‘zingizga qulay bo‘lgan yorqinlik va kontrastni belgilang. 
• Monitorni artib turing. Chang va kir qancha ko‘p yig‘ilsa, ekranda yarqirishlar kuchli bo‘ladi. Shunday ekan, nam sochiqlarda hech bo‘lmaganda, haftasiga bir marta artishni unutmang. 

Hujjatlarni taglikka qo‘ying

Agarda ekran va bosib chiqarilgan hujjatlar bilan bir vaqtning o‘zida ishlashga to‘g‘ri kelsa, qog‘ozlarni taglikka qo‘ying. Bu esa bo‘yin hamda ko‘zlarni kamroq qo‘zg‘alishiga yordam beradi.

Agarda ushbu oddiy qoidalarga rioya qilsangiz, kompyuterdan toliqqan ko‘z nuringizga biroz bo‘lsa ham yengillik ulashgan bo‘lasiz.

Ko‘proq yangiliklar: