“Qo‘yliq” bozori yaqinida yo‘lovchilardan birini tunagan talonchi qo‘lga olindi

Jamiyat 09:13 / 24.05.2016 5451

Toshkentning Sergeli tumanida yashovchi M.Botir kechki payt  “Qo‘yliq” dehqon bozori yaqinidan o‘tib ketayotganida notanish kishi yo‘lini to‘sib, uning 80 ming so‘m puli va qimmatbaho apparatini tortib oldi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Jabrlanuvchining murojaatidan so‘ng ichki ishlar idoralari xodimlari talonchini topish bo‘yicha surishtiruv-qidiruv ishlarini olib borishdi. Natijada ushbu tanlonchilikni Sergeli tumanida yashovchi I.Emin sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Ko‘proq yangiliklar: