AQShlik mashhur qo‘shiqchi Kristina Agileraning marhum qo‘shiqchi Uitni Xyuston gologrammasi bilan aqlbovar qilmas ijrosi internet ahlini hayratga soldi. Ko‘pchilik uchun bu ijro videosi haqiqiy shok va hattoki Uitni hayot bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarini xushnud etgan zamonlarga qaytargan vaqt mashinasi kabi bo‘ldi, deb yozmoqda Hochu nashri.
Ta'kidlash joizki, gologramma bilan musiqiy ijro texnologiyasi birinchi marotaba Coachella festivalida paydo bo‘lgan. O‘shanda rep ijrochilar Snoop Dogg va Dr. Dre 1996 yilda otib o‘ldirilgan marhum rep ijrochi 2Pac’ning gologrammasi bilan musiqa ijro etishgan. Muxlislar bunday tajribalarni doimo qizg‘in qabul qiladilar, chunki bu sevimli artistingga yana bir bor qarash imkoniyatidir.
Bu video namoyish qilinishi kerak bo‘lgan dastur 24 mayda chiqarilishi kerak edi, biroq Xyustonning merosxo‘rlari bunga qarshilik ko‘rsatishdi va chiqish bekor qilindi. Biroq bu video internetga chiqib ketishga ulgurdi.
Afsonaviy amerikalik qo‘shiqchi Uitni Xyuston 2012 yil 11 fevralda 48 yoshida Beverli-Xillzda zlik holda topilgan. Shuningdek, uning qizining taqdiri ham ayanchli yakunlandi. Qiz o‘z uyining vannaxonasida hushsiz holatda topilgan va 6 oylik koma holatidan keyin o‘ziga kelmay vafot etgan.