Xitoyda yengil avtomobillar ustidan o‘ta oladigan avtobus kontsepti namoyish etildi

Fan-texnika 10:22 / 24.05.2016 13405

Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan yuqori texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasida, TEB (Transit Elevated Bus) avtobusining kontsepti namoyish etildi. Xitoy "kelajak transporti"ning konstruksiyasi yengil mashinalarga uning ostidan bemalol o‘tishiga imkon beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yo‘ldagi tirbandliklarni kamaytiradi, deb xabar qilmoqda CCTV.

Loyiha bosh muhandisi Bai Tsuminning hikoya qilishicha, TEB mehnat samaradorligi bo‘yicha metro yoki monorelsli poyezddan qolishmaydi, ammo tannarxi sezilarli arzonga tushadi, bundan tashqari, barcha zaruriy konstruksiyalar qisqa muddatda, bir yilda barpo etiladi. 

Avtobus eniga 8 metr, balandligi — 4,6 metr, uzunligi — 32 metrni tashkil etadi. Hajmining kattaligi sabab, 900dan 1200gacha yo‘lovchini bortiga sig‘dira oladi. 

Transit Elevated Bus’ning ilk sinovlari, 2016 yilning ikkinchi yarmida Xebey provinsiyasining Tsinxuandao shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Ko‘proq yangiliklar: