Yevropol: 2015 yil Yevropada minglab kishi terrorchi gumoni ostida qo‘lga olingan

Jahon 17:56 / 24.05.2016 2712

2015 yil Yevropa Ittifoqida ming nafardan ziyod kishi terrorizmda ayblanib, hibsga olingan. Bu haqda Yevropol vakili, terrorizmga qarshi kurashish Yevropa markazi rahbari Manuel Navarrete Paniagua ma'lumotiga asoslanib, Deutsche Welle xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shunga asoslangan hisobot yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

Bundan tashqari, Yevropol mintaqada sodir etilgan, oldi olingan va rejalashtirilgan 211 ta terakt haqida ham hisobot tayyorlagan.

Eng dahshatli terakt sifatida parij voqealari tilga olinadi. 2015 yilning 13 noyabr kuni terrorchilar tomonidan terakt sodir etilib, 130 nafar kishi hayot bilan vidolashgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: