Apple 2016 yilda rekord miqdorda iPhone 7 ishlab chiqadi

Fan-texnika 18:20 / 24.05.2016 4170

Amerikaning Apple korporatsiyasi, o‘zining butlovchi qismlar yetkazib beruvchi pudratchilariga yilning oxirigacha, 72-78 million dona iPhone 7 uchun qismlar yetkazib berishni so‘rab murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda Tayvanning Economic Daily nashri.

Aytish joizki, bu so‘nggi ikki yilda kompaniyaning alohida bir modelini katta miqdorda ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir. Tahlilchilar, kompaniya joriy yilda “Ayfon 7”dan 65 million dona ishlab chiqarishini taxmin qilishgan edi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tayvanning Foxconn kompaniyasi (Hon Hai Precision Industry Co. nomi bilan ham mashhur) iPhone 7 ning asosiy ta'minlovchisi bo‘lib qoladi, Pegatron Corp. kompaniyasi ham smartfonlarni yig‘ishda ishtirok etadi. 

Ikkala kompaniya ham, bozordagi ulushini, ikkitalik kamera, smartfon korpusi shisha qismlarini ishlab chiqish bilan ko‘paytirib olishi mumkin, deb yozmoqda gazeta.  

Yangi iPhone 7 smartfoni 2016 yil kuz mavsumida taqdim etilishi kutilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: