Yaponiyada xukm surayotgan jazirama ob-havo tufayli 680dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizildi

Jahon 09:50 / 24.05.2016 3020

Yaponiyada 2016 yil 16-22 maygacha bo‘lgan 1 hafta muddat davomida issiq urishidan 688 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yaponiya o‘t o‘chirish, favqulodda vaziyatlar va tez tibbiy yordam ko‘rsatish bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, shifoxonaga yotqizilganlarning yarmi 65 yoshdan kattalardir. 

Jazirama tufayli o‘lim holati qayd etilmagan. Umuman, so‘nggi bir oy mobaynida 1,7 mingga yaqin yapon fuqarosi o‘ta issiq haroratdan aziyat chekkan, bir kishi hayot bilan vidolashgan. 

O‘tgan hafta oxiridan boshlab, mamlakatning markaziy qismida issiq harorat o‘rnashib olgan. Xususan, poytaxt mintaqasida havo harorati Tselsiy shkalasi bo‘yicha 30 darajadan ko‘tarilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: