AQShda Eronga nisbatan jazo choralarini buzgan kanadalik 3 yilga qamaldi

Jahon 09:35 / 24.05.2016 3049

Amerika Qo‘shma Shtatlari sudi Kanada va Eron fuqarosini, 3 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Reuters agentligining xabar qilishicha, u Eronga nisbatan jazo choralarini qo‘pol ravishda buzganlikda aybdor deb topilgan. 

Nyu-York sudi shu yilning yanvar oyida 45 yoshli Ali Rizo Parsani, sanksiyalarga doir qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor, deb topgan edi. 

Bosh prokuratura yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Parsa 6 yil davomida Eronga eksport qilish qoidalarini buzgan. U harbiy sohada ham qo‘llash mumkin bo‘lgan yuqori texnologiyali elektron mahsulotlarni xarid qilishda, Eron kompaniyalariga yordam ko‘rsatib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: