AQSh va Buyuk Britaniyadagi o‘nlab maktablar portlash tahdidi tufayli yopildi

Jahon 08:32 / 24.05.2016 3327

AQShning 21 shtatida, jumladan Kolorado, Ayova, Montana, Konnektikut, Kaliforniya, Nyu-York va Vashingtonda hamda Buyuk Britaniyada o‘nlab maktablar telefon orqali portlash tahdidi olingandan keyin evakuatsiya qilindi va yopib qo‘yildi. Bu haqda NBC telekanali huquq-tartibot muassasalari vakillariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, minglab o‘quvchilar evakuatsiya qilingan. 

Tahdidlar 23 may AQShning Sharqiy sohilbo‘yi vaqti bilan soat 14:30larda (Toshkent vaqti bilan 23:30 da) tusha boshlagan. Ma'lum qilinishicha, ko‘plab tahdid qilingan qo‘ng‘iroqlar avtomatik bo‘lgan, biroq ular bir-biri bilan bog‘langani hozircha noma'lum.

Shuningdek, Buyuk Britaniyada 26 ta maktab tahdidlar qilingan anonim qo‘ng‘iroqlar sababli evakuatsiya qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: