Biz sizga taqdim etayotgan quyidagi rasmlarga diqqat bilan nazar tashlang. Bir qarashda bu taniqli va sohibjamol Odri Xepbyorn, Viven Li yoki Anna Frankning suratlari, deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin aslida ushbu suratlardagi qiz belgiyalik 17 yoshli Annaliz Mariya Fransin bo‘lib, unda afsonaviy ayollarning tarixiy obrazlarini ishonarli qilib jonlantirishga bo‘lgan chinakam ishtiyoq mavjud. Annaliz pardoz, libos va ma'noli nigoh yordamida istalgan qiyofani yarata oladi. Uning instagram sahifasidagi suratlardan tarixiy liboslarga bo‘lgan qiziqishini sezish mumkin.
Agarda kelasi safar ko‘zingiz dunyoga dong‘i ketgan afsonaviy aktrisa yoki film qahramonlarning fotosuratlariga tushib qolsa, diqqat bilan tikilishni yoddan chiqarmang. Balki u siz o‘ylayotgan inson emas, aksincha, mahoratli Annaliz Fransinning suratlari bo‘lishi mumkin.
Yoqimtoy Odri Xepbyorn
Beqiyos Skarlett O’Xara
«Tvin Piks» filmidagi Odri Xorn
«Sohibjamol va maxluq» multfilmidagi Bell
Anna Frank timsoli
«Marvarid zirakli qiz» timsolida
Odri Xepbyorn («Rim ta'tillari» filmdan)
«G‘urur va gumon» filmidagi Elizabet Bennet obrazi