Lenovo ochilib-yopiladigan telefonlarini android ko‘rinishida qayta ishlab chiqarishi mumkin

Fan-texnika 14:11 / 23.05.2016 6780

Lenovo YouTube kanalida Motorola RAZR V3 ishtirok etgan “tarixiy” tizer paydo bo‘ldi. Bu yo‘l bilan kompaniya asli Android afsonaviy ochilib-yopiladigan telefon modellarini qayta ishlab chiqarishga ishora qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Engadget yozmoqda

Rolikda kompaniya 2000-yillarning boshida yoshlar o‘rtasida ommalashib ketgan RAZR V3 telefonini namoyish etadi. O‘ta ingichka, o‘ta yengil, klaviatura yoritgichi bilan, magniy va alyuminiy korpusli hamda turli-tuman ranglar – ixcham va ko‘p funksiyali ochib-yopiladigan telefon tez orada mashhur bo‘lib ketgan edi. 

2004 yili sotuvga chiqqach, ikki yil davomida Motorola o‘rtacha 700 dollardan 50 milliondan ortiq RAZR V3 telefonlarini sotdi. Jami esa ushbu model 130 milliondan ko‘p sotilgan. Taqqoslash uchun – 2015 yilda Apple 700 million ayfon sotgan.

2016 yil 9 iyunda aynan nima namoyish etilishi noma'lum. Engadget nashrga ko‘ra, Lenovo Tech World konferensiyasi boshlanadigan kuni ushbu seriya Android asosida qayta taqdim etilish extimoli mavjud. Biroq videoga “Razr o‘tgan kunlarini yodga oling va kelajakka tayyorlaning” deb berilgan izoh shunchaki Motorola tayyorlayotgan yangi anonslar haqida bo‘lishi ham mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: