Suriyaning Lataqiya viloyati hududida joylashgan Jabla shahridagi avtobekat qarshisida 3 marta portlash ro‘y berdi. Bu haqda mahalliy nashrlarga tayanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, Lataqiya markazidan 18 km masofadagi bu port shaharda yuz bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar bor. Ularning soniga aniqlik kiritilmagan.
Qayd etilishicha, bu portlashlar terrorchilik akti bo‘lishi mumkin.
Ikhbariya TV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bu portlash terrorchi xudkush tomonidan sodir etilgan.
Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, bu vaqtda shahar artilleriyadan ham o‘qqa tutilgan.
Ba'zi manbalarda Tartus shahrida terakt sodir etilgani aytilgan.