Professional parashyutchilar Van Deson, Xe Yefen va Ki Yaao dunyodagi ilk kosmik parashyutni namoyish etishdi. Uning taqdimoti, XXR poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tgan. Namoyishda ta'kidlanganidek, yaqin orada kosmosga sayohat qilish imkoniyatlari kengayadi. Gap shundaki, JHY Space Technology Co. Ltd parashyutchilar uchun ilk fazoviy kostyumni ishlab chiqqan.
Kompaniya yaqin vaqtlarda bir qator sinovlar o‘tkazadi, shundan so‘ng, ko‘nggillilar tanlanadi. Yuqorida ismi-sharifi keltirilganlar yangi mahsulotni sinab ko‘ruvchi ilk 3 fazogir bo‘lishadi.
Ular stratosferaga, maxsus ishlab chiqilgan havo sharida chiqishadi, Yerga esa, parashyut yordamida qaytishadi. Fazoviy parashyutchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan kostyum radar, tasvirlarni uzatish tizimi va kuzatish va joy tanlashda yordam beruvchi maxsus datchiklar bilan jihozlangan.
JHY Space Technology kompaniyasi rahbari Tszyan Fanning aytishicha, ko‘plab texnik ekspertlar, bu kabi parvozlarni tijorat maqsadlarida amalga oshirish g‘oyasini ma'qullashgan. Chunki, havo sharlari va parashyutchilar uchun skafandrlar ishlab chiqish XKSga amalga oshiriladigan tijorat parvozlaridan sezilarli arzonga tushadi.
Shunga qaramay, garchi mamlakatda kosmosga parvoz qilishni istovchilar ko‘plab topilsada, Fanning aytishicha, fazoga parvoz qiluvchi parashyutchi sayyoh, fazogirlar uchun belgilangan talab va me'yorlarga javob berishi kerak.