«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike hozircha keyingi mavsumda asosiy tarkibda qaysi darvozabonni o‘ynatish masalasini hal qilib olmaganini bildirib o‘tdi. U Klaudio Bravo va Marka-Andre ter Shtegenning birini tanlashda qiynalmoqda. Joriy mavsumda jamoaning Ispaniya chempionatidagi uchrashuvlarida darvozani Bravo qo‘riqladi, ter Shtegen esa Kubok o‘yinlari hamda YeChLda maydonga tushirildi.
«Biz qanday qilish mumkin bo‘lsa, shunday qildik. Lekin men keyingi mavsumda bu borada qanday yechim topishni hal qilib olmadim. Futbolda barchasi tez rivojlanadi. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday tus olarkan», — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltirali AS.
Bundan oldinroq, mahalliy nashrlarda ter Shtegen o‘zining jamoadagi o‘rnidan qoniqmayotgani va yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etmoqchiligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.