Bangladeshdagi suv toshqinlari sabab 25 kishi halok bo‘ldi

Jahon 11:55 / 23.05.2016 2844

Bangladesh janubida yuz berayotgan “Roanu” tropik sikloni olib kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lgan soni 25 kishiga yetdi, jabrlanganlar soni 250 ming kishini tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar va tabiy ofatlarning oldini olish vazirligi rahbari Muzaffal Xusayn Choudxuri Mayya ma'lum qilmoqda.

"So‘nggi yillardagi eng vayronkor tabiy ofat natijasida 25 kishi halok bo‘ldi. Ularning aksari kuchli bo‘ron bo‘lgan paytda halokatga uchragan, - dedi u. – 250 mingdan ziyod kishi bu falokatlarni o‘z boshidan o‘tkazmoqda ".

Amaldorning so‘zlariga qaraganda, Bangladeshdagi xavfli hududlardan, jumladan, mamlakatning janubi-sharqidagi Chittagong okrugidan 500 ming nafar kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tabiy ofoatning mamlakatga olib kelgan moddiy zarari 20 mln. AQSh dollariga teng,deya baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: