Rus siyosatchisi yaponiyaliklardan uzr so‘ramaydigan Obamani Trumenning munosib izdoshi deb atadi

Jahon 16:42 / 22.05.2016 6373

Rossiya Davlat dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita raisi Aleksey Pushkov o‘z tvitterida Barak Obamani AQShning sobiq davlat rahbarlaridan biri Garri Trumenning munosib izdoshi deb deb atadi. 

“Tinchlik muofoti laureati Obama Yaponiyaning yadroviy bombardimon qilinishi uchun uzr so‘ramas ekan. Insonparvarlik to‘g‘risida saftasa sotish – ahmoqlar uchun. U Trumenning munosib izdoshi”, - deyiladi xabarda. 

Shu yo‘l bilan Pushkov Obamaning Moskva yadro qurolidan voz kechishni istamasligi haqidagi so‘zlarini izohladi. “Katta yettilik” sammitida ishtirok etish uchun Yaponiyaga tashrifi arafasida AQSh prezidenti NHK telekanaliga bergan intervyusida Rossiya aslahaxonalarini qisqartirishga harakat qilishini istashini bildirgan. 

1945 yili AQSh havo-harbiy kuchlari Xirosimaga atom bombasini tashlagan. 1945 yilning aprelida Franklin Ruzvelt o‘limidan so‘ng prezidentga aylangan Garri Trumen Yaponiya bilan urushda atom qurolini qo‘llash tashabbuskori bo‘lgan.

Trumen (mamlakatni 1953 yilga qadar boshqargan) sovuq urush tashabbuskorlaridan hisoblanadi. U NATO (Shimoliy Atlantika kelishuvi tashkiloti) tashkil etilishini faol targ‘ib qilgan. Bundan tashqari, uning davrida AQSh butun dunyo bo‘ylab antikommunistik kuchlarni qo‘llab-quvvatlagan.

Ko‘proq yangiliklar: