OAV: Xitoy Afrikada odam go‘shtidan tayyorlangan konserva sotishi haqidagi ayblovni tan olmadi

Jamiyat 14:51 / 22.05.2016 12033

Xitoy hukumati o‘z hududida Afrika mamlakatlarida dudlangan odam go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlar sotilishi to‘g‘risidagi ayblovni butkul inkor etmoqda. Bu haqda Britaniyadagi The Sun tabloidi ma'lum qildi.

Ushbu mazmundagi gap-so‘zlar internetda hamda Afrikadagi nashrlarda tarqalgandi. Hozir Xitoyda istiqomat qiluvchi zambiyalik ayol Zambiya fuqarolarini Xitoyda ishlab chiqarilgan go‘shtli konserva mahsulotlarini sotib olmaslikka chaqirgan. Uning aytishicha, Xitoyda odam murdalari yig‘ilib, zavodga yuboriladi, bo‘laklarga bo‘linib, dudlanib, qadoqlanadi va Afrika mamlakatlariga yuboriladi. 

Xitoyning Zambiyadagi elchisi Yan Yumin mahalliy OAVdagi bunday da'volarni keskin rad etgan. 

“Xitoy odam go‘shtidan mahsulot tayyorlab Afrikaga yuborishi g‘irt bo‘hton. Bu yomon maqsadda bizga qarshi yo‘naltirilgan tuhmat va yolg‘on ma'lumot. Judayam g‘azabda ekanimizni izhor qilamiz hamda ushbu vaziyat darhol muhokama etilishini talab qilamiz”, - deya munosabat bildirgan Yumin. 

Zambiyalik vazirlardan biri Kristofer Mulenga hukumat nomidan Xitoyga o‘z uzrini yetkazgan va voqea to‘liq tekshirilishini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: