Italiyada qochqinlar politsiyachilarga dars berishi mumkin

Jamiyat 15:19 / 22.05.2016 3990

Sitsiliyaning Kaltanissetta provinsiyasi politsiya rahbariga uning xodimlari kundan-kunga ko‘proq shikoyat bilan murojaat qilmoqda. Bunga ularning ingliz tilini yetarli darajada bilmasliklari tufayli o‘z ishlarini samarali bajara olmayotganlari sabab bo‘lmoqda

Markaziy Sitsiliya tog‘larida joylashgan shaharga har yili minglab xorijlik sayyohlar tashrif buyuradi, shuningdek, behisob qochqinlar ham keladi. 

Biroq mahalliy politsiya vakillari ingliz tilini yetarli darajada bilmagani tufayli ularga zarur ko‘mak ko‘rsata olmaydi. 

Politsiya rahbari yordam so‘rab shahar meri Jovanni Ruvologa murojaat qildi. U esa masalaga juda oddiy yechim topdi. Endi zarur bilim darajasiga ega yoki o‘z yurtida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan qochqinlar politsiya ofitserlaridan 74 nafariga 30 soatlik ingliz tili mashg‘ulotlari o‘tkazadi. 

Kaltanissetta merining fikricha, bu nafaqat mahalliy politsiyachilarning til bilan bog‘liq muammosini hal etadi, balki Italiyada boshpana izlayotgan qochqinlarning jamiyatga singib ketishida ham yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: