Avstriyadagi konsert vaqtida otishma chiqishi tufayli 2 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi

Jamiyat 15:06 / 22.05.2016 3335

22 may kuniga o‘tar kechasi Avstriya g‘arbida yuz bergan otishma tufayli 2 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlangan. Bu haqda AR manbasiga asoslangan holda «Interfaks» xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, bu hodisa Forarlberg federal yeridagi Nentsing kommunasi hududida sodir bo‘lgan. Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, 27 yoshli erkak mototsiklchilarning ochiq osmon ostida tashkil etilgan konserti bo‘lib o‘tayotgan vaqtda rafiqasi bilan janjallashib qolgan va mashinasidan qurolini olib, qo‘shni maydonchada yig‘ilgan mototsiklchilarga o‘q yog‘dira boshlagan. Kontsert hududiga 150 kishi yig‘ilgan edi.

Oxir-oqibat bu shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Uning rafiqasiga shikast yetmagan.

Ko‘proq yangiliklar: