“Zaharfurush”ning shum niyati amalga oshmadi

Jamiyat 01:37 / 21.05.2016 11687

2014 yilning fevral oylarida Ravshan Turobjonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) antiqa savdo bilan shug‘ullanishga bel bog‘laydi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

U avval zaharli ilon topib, uning zahrini oladi va maxsus idishlarga joylashtiradi. 2014 yilning aprel oylarida fuqaro Doniyor G‘ofurov undan ilon zahrini sotib oladigan bo‘ldi. 

Kelishuvga ko‘ra, 1 gramm ilon zahri 90 AQSh dollaridan sotiladigan bo‘ldi. R.Turobjonov 1 dona ampuladagi 2 gramm “ilon zahri”ni D.G‘ofurovga beradi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida “zaharfurush”ning faoliyatiga chek qo‘yildi. R.Turobjonov oldindan tuzilgan rejaga ko‘ra, Chilonzor tumani hududida 200 gramm mahsulotni 18 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

U sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: