Vashingtonda Oq uy oldida otishma sodir bo‘ldi

Jahon 06:46 / 21.05.2016 8954

Vashingtondagi Oq uy uning yonida otishma ovozlari eshitilgandan keyin o‘rab olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Bu payt AQSh prezidenti Endryus aviabazasida bo‘lgan.

CNN telekanaliga huquq-tartibot muassasalaridagi manbaning ma'lum qilishicha, Maxfiy xizmat xodimlari nazorat-o‘tkazish punkti yonida qo‘lida quroli bo‘lgan erkakni o‘qqa tutishgan. Erkak qorin sohasidan jarohat olgan va mahalliy shifoxonaga og‘ir ahvolda yetkazilgan.

Shu sababli Oq uyda maxsus xavfsizlik tartibi kiritilgan, binodan chiqish vaqtinchalik to‘xtatilgan. Biroq birozdan keyin barcha cheklovlar olingan.

Oq uy hududiga kirishga urinishlar muntazam sodir etib turiladi. Bunday holatlardan shov-shuvlisi 2014 yil sentabrda yuz bergan. Iroqdagi urush faxriysi Oq uy panjarasidan sakrab o‘tib, qo‘lga olinguncha Oq uy ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Uning avtomobili tintuv qilinganda ikkita bolta, machete (uzun pichoq) va 800 ta patron aniqlangan.   

Shu voqeadan keyin o‘sha vaqtdagi Maxfiy xizmat rahbari Juliya Pirson iste'foga ketgan, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Qonun chiqaruvchilar Oq uyga noqonuniy kirish holatlarining oldini olish uchun uning perimetri bo‘yicha ariq qazishni bir necha bor taklif qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: