Italiyalik futbol murabbiyi Klaudio Raneri joriy mavsumda o‘zi boshqaradigan "Lester" Angliya chempioni bo‘lgandan keyin Italiya hukumati tomonidan munosib baholandi.
APLning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan 64 yoshli mutaxassis 3 darajali "Italiya respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
Raneri futbolchi sifatida "Roma", "Katandzaro" va "Palermo"da to‘p surgan. Italiyada u ""Kalyari", "Napoli", "Fiorentina", "Yuventus", "Roma" va "Inter"ga murabbiylik qilgan.