Olmaotada 20 may ertalabki payt Respublika maydonidagi Oltin odam haykali yonidagi avtoturargohdan Abay ko‘chasigacha yo‘l qismi o‘rab olindi. Voqea joyiga politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar, sapyor va kinologlar o‘z itlari bilan yetib kelganlar. Bu yerda ikkita shubhali paket, armatura va kerosinli idishlar aniqlangan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Respublika va Ostona maydonlari yonidagi yashirin joylarda yonuvchi aralashmali butilkalar, o‘nlab armatura bo‘laklari, metall kaltaklar va benzinli kanistralar aniqlangan, deb xabar bermoqda Olmaota ichki ishlar departamentiga iqtibos keltirgan holda nur.kz nashri.
Shaharning Olmola va Medeus tumanlaridagi kvartiralarda bir necha o‘qotar qurol, jumladan Makarov va "TT" to‘pponchalari, kaltalatilgan miltiqlar, bir necha o‘q dori, 4 ta RGD-5 granatasi, shuningdek 5 mln tenge miqdoridagi pul aniqlangan.
Bunga aloqadorlikda gumonlanib 5 kishi ichki ishlar idoralariga yetkazilgan.
Ayni vaqtda sudgacha tergov olib borilmoqda va bu qonunbuzarliklarga aloqador gumonlanuvchilar bilan aloqada bo‘lganlar tekshirilmoqda.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, oziq-ovqat do‘konlaridan biridan portlovchi modda olib chiqilgan.
Bundan tashqari, Ostona maydoni yaqinida Qozog‘iston-Britaniya texnika universitetida ham politsiya va o‘t o‘chirish xodimlari to‘plangan.