Firibgarlar Facebook’da do‘stlar ostida yashirinishni o‘rganib olishdi

Fan-texnika 07:32 / 21.05.2016 6363

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida firibgarlikning yangi turi aniqlandi, jinoyatchilar foydalanuvchining do‘stlari akkauntiga o‘xshash profil yaratib, undan do‘stlar nomidan xabar yuborishadi. Bu haqda Fox News ma'lum qildi.

Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning ta'kidlashicha, firibgarlar shu tariqa cheklangan kirishga ega profillardagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Misol uchun, bunday ma'lumotlar orasida foydalanuvchining tug‘ilgan sanasi va haqiqiy ism-sharifi bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, jinoyatchilar o‘zlarini do‘st sifatida ko‘rsatib, "qarzga pul so‘rashlari mumkin", bunday vaziyatlar ko‘plab yuz beradi.

Maqola mualliflarining ta'kidlashicha, barcha shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun, xoh u profil egasi haqidagi ma'lumot yoki ommaviy ko‘rish uchun mo‘ljallanmagan postlar bo‘lsin, do‘stlarga begona odamlarni qo‘shmaslik va do‘stlar orasidagi foydalanuvchi haqiqatda ham yana bitta sahifa yaratganini tekshirish kerak.

Avvalroq Facebook foydalanuvchilari do‘stlar nomidan boshqa bir saytga kirib, u yerda rolik ko‘rish taklif qilingan xabarlar olishayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: