Zidan aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Sport 08:23 / 20.05.2016 4373

“Real” jamoasi bosh murabbiyi Ispaniya chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi, deya e'tirof etildi. Eng yaxshi futbolchi sifatida esa, “Atletiko” jamoasi yarim himoyachisi Koke nomi tilga olindi.

43 yoshli fransuz murabbiyligi ostida o‘yin olib borayotgan Madridning “Real” jamoasi aprel oyida 6 o‘yinda 6 g‘alaba qozongan. Natijada, klub chempionat jadvalida ikkinchi o‘rinni qayd etgan.

Koke aprel oyida 2 ta gol urgan va 5 ta golli pas uzatgan. «Atletiko» ham shu oyda o‘tkazgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan.

Ko‘proq yangiliklar: