Totti «Roma» bilan yangi shartnoma bandlarini kelishib oldi

Sport 14:45 / 20.05.2016 2988

Italiyalik hujumchi Franchesko Totti A seriyaning «Roma» jamoasi bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi. 

Rim klubi bilan olib borilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, 39 yoshli o‘yinchi o‘zining kelasi mavsumdagi so‘nggi o‘yinidan tushadigan daromadning ma'lum bir foizini ustama haq sifatida oladigan bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Mediaset Premium.

Totti bilan shartnomaning uzaytirilishi haqida esa, rasman may oyi oxirida e'lon qilinadi. 

Hujumchining «Roma» bilan joriy shartnomasi 30 iyun kuni poyoniga yetadi. 

Italiya chempionatining 13-turida maydonga tushgan Totti 5 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan, 4 marta golli uzatma amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: