Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi Qozog‘istonda moylarni aralashtirish zavodini qurishni boshladi

Jahon 11:52 / 20.05.2016 2613

"Lukoyl" kompaniyasi bir necha yil mobaynida ortga surib kelgan loyihasi bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga qaror qildi. U Qozog‘iston janubida moylarni aralashtiruvchi zavodini barpo etishga kirishdi. Kompaniya matbuot xizmati xabar qilishicha, zavodning ishlab chiqarish quvvati Olma-ota viloyatining "G‘arbiy Yevropa-G‘arbiy Xitoy" transport koridori yaqinida barpo etiladi.  

Xabar qilinishicha, zavodning muhim xalqaro transport chorrahasida joylashgani, unda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni nafaqat ichki bozorda, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari hamda Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston va Xitoyga ham eksport qilish imkonini beradi. 

Ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming tonnani tashkil etadi, lozim bo‘lgan bu raqamni 130 ming tonnagacha chiqarish mumkin bo‘ladi. 
Zavodga sarf etiladigan sarmoya qiymati 85 mln AQSh dollari miqdorida ekani aytilmoqda. 

Bo‘lg‘usi zavod, asosan, 3 guruhdagi 100 ming tonna avtomobil moylarni ishlab chiqarishi lozim edi. Bugungi kunda Rossiya va Qozog‘iston bu kabi mahsulotlarni Shell, Total, ExxonMobil va boshqa xorijiy konsernlardan xarid qilar edi. 

Ishlab chiqarishga kiritiladigan sarmoya tezda o‘zini oqlashi ham taxmin qilingan edi. Korxonaning tayyor mahsulotlari savdosi yiliga 200 mln dollarni tashkil etishi aytilgandi. 

Kompaniya Qozog‘istondagi zavodini qurishdan bosh tortishi to‘g‘risidagi xabar esa 2014 yilda paydo bo‘ldi. 

Buning bosh sababi, Rossiyadan Qozog‘istonga qora neft mahsulotlari eksporti taqiqlangani sabab, "Lukoyl" Rossiyadan moy tarkibiy qismlarini olib kelishning ilojini qila olmagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: