Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik dizaynerlar shahar mini-avtomobilini taqdim etishdi

Rossiyaning Mirrowcars dizaynerlik kompaniyasi yuk bilan birga 4 nafar kishini olib yurishga mo‘ljallangan yangi shahar mini-avtomobili g‘oyasini taqdim etdi.
Provocator sitikari kuzovini qayta ishlangan polimerdan tayyorlash tavsiya etilmoqda. Mashina uzunligi bo‘yicha esa Smart ForTwo modelidan oshmaydi. Mini-avtoning o‘lchovlari quyidagicha: uzunlik - 269.5 sm, oynalarsiz kengligi - 198 sm, salondagi shiftning balandligi - 180 sm.
Yo‘lovchilarni qulay va tiqilinch bo‘lmagan holda joylashishi uchun aviatsion prinsipidagi salon rejasi taklif qilingan bo‘lib, unda o‘rindiqlar o‘tish yo‘lagidan ikki chetda joylashgan. Salonga faqatgina orqa tomondagi to‘liq ochiluvchi eshikdan kiriladi. Yon tomonda ham eshiklar mavjud bo‘lib, biroq ulardan faqat avariya holatida mashinadan evakuatsiya qilishda foydalaniladi.
Mirrow Provocator’ga 1,5 litr hajmdagi uch silindrli dizel motori yoki turbo benzinini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu esa 8,7 soniyadan kam bo‘lmagan vaqt ichida 0 dan 100 km/soatgacha bo‘lgan tezlanishni ta'minlab bera oladi.
Shuningdek, sitikarning gibrid va elektron talqinlarini ham yaratish ko‘zda tutilgan. Harakatlanishning maksimal tezligi 140 km/soat ko‘rsatkichi bilan cheklangan bo‘ladi. Mazkur mini-avtomobildan shaxsiy mashina yoki tashkilotlar uchun pullik transfer xizmati sifatida foydalanish mumkin. Yangi ixtironing chakana narxi - 3500- 4500 yevro atrofida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025