Rio-de-Janeyro ma'muriyati Olimpiada o‘yinlari vaqtida xavfsizlikni ta'minlash uchun harbiylar yordamiga tayanmoqchi

Sport 08:38 / 20.05.2016 3880

Rio-de-Janeyro shahri xavfsizlik shtati vaziri Joze Marianu Beltram federal mudofaa vazirligidan avgustda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga qo‘shimcha harbiy kuchlar yordamini so‘radi. U bu haqda o‘tkazilgan matbuot anjumani paytida ta'kidlab o‘tgan.

"Men mudofaa vazirligidan qo‘shimcha harbiylar yuborishini iltimos qilganimning asosiy sababi, ular Olimpiada o‘yinlari vaqtida ma'lum bir obektlarni qo‘riqlashga yordam berishgan bo‘lardi. Biz bu nuqtalarni harbiylar va fuqarolik politsiyasi bilan hamkorlikda kuzatamiz. Hamkorlikning har qanday ko‘rinishi qo‘llab-quvvatlanadi", - dedi u.

Beltramning fikricha, agar harbiylar politsiya xodimlariga yordam bersa, o‘z navbatida, politsiya mahalliy aholi yashash joylari va mehmonlar joylashadigan joylarni qo‘riqlashga yanada kengroq imkon topgan bo‘lar edi.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Rio-de-Janeyro shahrida joriy yilning yanvar oyidan aprel oyi oralig‘ida, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qotillik darajasi 15,4 foizga oshgan. Bundan tashqari, zo‘ravonlik, o‘g‘rilik, bosqinchilik va avtomobil o‘g‘irlash kabi jinoyatlar darajasi ham yuqori ko‘rsatkichlarda qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: