2015 yilda BMTning 50 mamlakatidan bo‘lgan 129 nafar tinchlikparvari halok bo‘lgan. Ularning o‘limiga sabab etib, turli hujumlar, baxtsiz hodisalar va kasalliklar ko‘rsatilgan. Bu haqda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab kvartirasida o‘tgan marosimda aytib o‘tgan.
"2015 yilda 50 mamlakatning 129 nafar tinchlikparvari ularga qilingan hujum, baxtsiz hodisalar va kasalliklar tufayli halok bo‘lgan. So‘nggi 13 yilning 12 yilida har yili halok bo‘layotgan tinchlikparvarlar soni 100 nafardan oshmoqda. 1948 yildan buyon halok bo‘lgan tinchlikparvarlar soni 3 500 nafarga yetgan", - dedi BMT Bosh kotibi, halok bo‘lganlar xotirasiga saqlangan bir daqiqalik sukutdan so‘ng.