Yaponiya hukumati yaqin besh yil davomida suriyalik 150 nafar talabani o‘qishga qabul qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqida Kiodo axborot agentligi ma'lum qildi.
Bu chora Yaqin Sharqda qochoqlar muammosini hal etishda Yaponiyaning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan, deya ta'kidlanmoqda. Ta'lim dasturlari davlat fondlari, shuningdek, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) amalga oshirayotgan hamkorlik loyihalari yordamida tashkil etiladi.
Avval Tokioning roli Suriyadan juda ko‘plab qochoqlarni qabul qilib olayotgan Iordaniya, Livan va Turkiyaga moliyaviy ko‘mak berishdangina iborat edi. 2015 yilning 29 sentabrida BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etgan bosh vazir Tokio Suriya va Iroq qochoqlari uchun 810 million yordam puli ajratishini ma'lum qilgan. Keyinroq TIV yana 355 million dollar ajratish rejalashtirilganini bildirgan.
NHK telekanali Yaponiya vakillarining Suriyani qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro guruh faoliyatida ishtirok etishga taklif qilingani to‘g‘risida xabar bergan. Shundan so‘ng, "mamlakat Suriyada tinchlik qaror topishiga erishish yo‘lida faolroq ishtirok etishiga to‘g‘ri kelishi" ta'kidlangan.