Misrda 19 may kuni yo‘qolgan samolyot bo‘laklari topildi

Jahon 15:15 / 20.05.2016 5890

Misrlik harbiylar Aleksandriyadan 290 kilometr uzoqlikda EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli bedarak yo‘qolgan samolyotning bo‘laklarini topib oldi. Bu haqda Reuters xabar qildi. 

Bundan tashqari, avialayner yo‘lovchilariga tegishli shaxsiy buyumlar ham topilgan. 
Ayni paytda samolyot bo‘laklarini qazib olish ishlari olib borilmoqda. 
EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti 19 may kuni Parijdan Qohiraga parvozi chog‘ida O‘rtayer dengizi osmonida izsiz yo‘qolgan edi. Samolyot bortida 66 kishi bo‘lgan: 56 nafar yo‘lovchi, 7 nafar ekipaj a'zolari va 3 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari.

Ko‘proq yangiliklar: